O'lchash, rejalash ontexno
O’lchash-materialning o’lchamlari va shaklini aniqlashga aytiladi.
Rejalash-zagotovkaga chizmada ko’rsatilgan shakl va o’lchamlarni tushirish operatsiyasi
| № | Nomi va rasmi | Tavsifi va ishlatilishi |
| 1 | Masshtabli metall chizg’ish- Zagotovka va buyumlarning chiziqli o’lchamlarini o’lchash, tayyor detallar o’lchamlarini tekshirishda ishlatiladi. Uzunligi 150 mm dan 1000 mm gacha, eni 11 mm dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3mm dan 1,5 mm gacha bo’ladi. | |
| 2 | Uroven-(shayton)-qurilish ishlarini bajarishda yuzaning tekisligining gorizontallikni tekshirish va kichik qiyalik burchaklarini oʻlchash uchun ishlatiladigan oddiy asbob. Bino qurishda va duradgorlikda sathning tekisligini aniqlaydigan asbob. Uroveń spirt yoki efir toʻldirilib, havo pufakchasi yuradigan shisha naycha. Agar yuza tep-tekis boʻlsa, urovendagi havo pufakchasi naycha oʻrtasida toʻxtaydi. Urovenni duradgor ustalar, toshta-roshlar ishlatadilar. Urovenning eni 22-25 mm balandligi 40-50 mm uzunligi 300 -500 hámda 700 mm bo'ladi. | |
| 3 | Buklama metr- o‘nta bir xil uzunlikdagi (100 mm li) lineykalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro sharnir vositasida biriktirilgan. Bundan masshtabli lineyka singari chizig‘iy o‘lchamlarni o‘lchashda foydalaniladi. Buklama metr slesarlik o‘quv ustaxonalarida keng qo‘llanilmaydi. U uzunligi 100 sm orasida bo‘lgan buyumlarning ichki o‘lchamlarini o‘lchash uchun qulaydir. | |
| 4 | O’rama metr-katta o‘lchamlarni o‘lchashda qo‘llaniladi u matodan va po‘lat lentadan tayyorlanadi. Ruletkalar 2, 5, 10, 15 va 20 metrli bo‘lishi mumkin. 5 metrgacha uzunlikdagi ruletkalarda millimetr, santimetr, metr masshtab birliklari tushirilgan. Ular yordamida cilindr, val kabi buyumlarning aylana uzunligini (yo‘g‘onligini), uyumlarning ichki o‘lchamlarini ham o‘lchash mumkin. | |
| 5 | Сirkul- Duradgоrlikda fanеr ishlatishda, taхtalardan dоiraviy, egri chiziqli buyumlar tayyorlashda, yog’оch ishlaydigan tоkarlik stanоklarida dеtal va buyumlarning o’lchamini yo’nilgan sirtlarga tushirishda tsirkul yordamida rеjalash ishlari bajariladi. | |
| 6 | Krоnsirkul- Yog’оch ishlanadigan tоkarlik stanоklarida tayyorlanadigan buyumlarning tashqi diamеtrlarini o’lchashda fоydalaniladi. | |
| 7 | Nutrоmеr- Yog’оch ishlanadigan tоkarlik stanоklarida tayyorlanadigan buyumlarning ichki diamеtrlarini o’lchashda fоydalaniladi. | |
| 8 | Shtangensirkul – tashqi, ichki diametr va chuqurlikni o‘lchashda ishlatiladigan asbob. Shtangensirkul universal o‘lchov asbobi bo‘lib, uning yordamida chiziqli, tashqi va ichki o‘lchamlarni, chuqurliklarni o‘lchash, tayyor detal va buyumlar o‘lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajariladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o‘lchaydigan asbob (shtangen-glubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida ham foydalanish mumkin. Asbobsozlik korxonalarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beruvchi, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. | |
| 9 | Universal burchak o‘lchagich (uglomer)- 0º dan 180º gacha bo‘lgan turli xil burchaklarni o‘lchash va rejalashda chilangarlik go‘niyalari hamda transportir bilan bir qatorda universal burchak o‘lchagichlar ham ishlatiladi (30-rasm). Ular tashqi va ichki burchaklarni o‘lchaydigan turlarga bo‘linadi. | |
| 10 | Xatkash (Reysmus) -yog'ochning belgilangan qirrasiga tayangan holda unga parallel chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama. | |
| 11 | Go’niya-duradgоrlikda randalangan sirtlarning bir-biriga nis-batan go’niyaviyligini, taхta qirqimlarining go’niya asоsida arra-langanligini, buyum qismlarining go’niyaviy (to’g’ri burchak hоsil qilib) biriktirilganligini va sirtlarga to’g’ri burchak hоsil qilib rеja chiziq chizish, rеja chiziqlarini qоlgan tоmоnlarga simmеtrik ko’chirish maqsadida ishlatiladi . | |
| 12 | Malka- namunalar bo'yicha burchaklardi o'lchash va bu burchakti zagotovkaga tushurish uchun xizmat bajaradi. Malkaning uzunligi 327 mm bo'lib, u o'zaro sharnirli bog'langan qolipten va chizg'ichdan turadi. | |
| 13 | Chertilka-masshtabli metal chizg’ish, go’niya, andaza yordamida rejalash, ya’ni metallga chizish ishlarini bajarishda ishlatiladi. Qattiq polatdan yasaladi. Ular har xil konstruksiyada tayyorlanadi. | |
| 14 | Kerner-reja chiziqlarini o’chib ketishini hisobga olib, ularning ustidan nuqta tushirish, markazlarni belgilash, parma o’rnini chekichlash uchun ishlatiladi. Uzun o’lshamdagi rejalar 25, 60, 100 mm oraliqlarda, qisqa o’lchamdagi, shuningdek, egfi chiziqli rejalarni 5-10 mm oraliqlarda chekiladi. |